O‘zbekiston Oliy sudi shu yilning 16-17 avgust kunlari ayrim internet nashrlarida paydo bo‘lgan xabarlarni asossiz ekani haqida bayonot berib, ularga raddiya berdi. Uning matni Oliy sud saytida joylashtirilgan.
“2017 yil 16-17 avgust kunlari ayrim internet-saytlarda joriy yil 15 avgust kuni Oliy sud binosiga «hujum» qilingani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Nashrlarning yozishicha, Oliy sud raisi K.Kamilov fuqarolarni qabul qilishda shunday voqea sodir bo‘lgan.
Qator nashrlarning mualliflari haqiqiy vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘quvchilarini «g‘azablangan fuqarolarning baqir-chaqirlari», «mustahkam yopilgan darvozalarni ko‘chirishgani», «qasrni vayron qilishgani», «300-400 kishi» va shu kabilardan xabardor etgan. Afsuski, internet tarmog‘iga berilgan ayrim xabarlarni tekshirmasdan, ushbu veb-saytlar xulosa qilishga shoshilishgan va shu bilan voqelikni bo‘rttirib ko‘rsatishgan.
Qayd etish joiz, 2017 yil 15 avgustda Oliy sud raisi K.Kamilov fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha 100 dan ortiq fuqaro qabul qilingan.
Bundan tashqari, shu kuni 27 nafar fuqaroning ariza va murojaatlari qabul qilingan, shuningdek, turli savollar bilan og‘zaki murojaat qilgan 72 kishi qabul qilingan.
Oliy sud darvozasi yonida kutib turgan bir necha fuqaro qabul chog‘ida postda turgan milisiya xodimi va sud xizmatchilari diqqatini chalg‘itib, o‘zlari darvoza zulfagini ochib, qabulga navbatsiz kirish maqsadida sud binosiga kirishgan.
Ular bino foyesiga kirgach, qabul tartibidan xabardor qilingan, fuqarolarning bir qismi roziliklari bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari va sudyalari tomonidan qabul qilindi. Qolgan kishilarni bevosita Rais qabul qildi.
16 avgust ertalab 9:30 dan 17:30 gacha Oliy sud raisi yana 60 dan ortiq kishini qabul qildi.
Shunga alohida e’tibor qaratamizki, Oliy sud raisi va rais o‘rinbosarlarining fuqarolarni qabul qilishi har kuni o‘tkaziladi”, - deyiladi raddiyada.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Matbuot xizmati
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar