15:05 / 05.09.2017
7 466

Konversion karta ochish uchun to‘lanadigan komission to‘lov 100 ming so‘mgacha kamaytirildi

Konversion karta ochish uchun to‘lanadigan komission to‘lov 100 ming so‘mgacha kamaytirildi
5 sentyabr, seshanba kuni tongdan O‘zbekiston banklarining ayriboshlash shoxobchalari aholidan xorijiy valyutalarni bir kun muqaddam Markaziy bank tomonidan belgilangan yangi kurs bo‘yicha sotib olishni boshladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutalarni sotish avvalgidek tijorat banklarining konversion bo‘limlarida pul mablag‘larini xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilmoqda.

Konversion kartalardan xorijda foydalanish, jumladan, bankomatlardan naqd pullarni yechib olishdagi cheklovlar bekor qilingan.

Banklardan birining nashrga ma’lum qilishicha, karta ochish uchun komission to‘lov 35 yevrodan 100 ming so‘mgacha kamaytirilgan, naqd pulni yechib olish komission to‘lovi esa 1 foiz (eng kam komissiya — 4 dollar), karta orqali to‘lashda — 0,5 foiz va qo‘shimcha 50 sent etib belgilandi.

Ayriboshlash shoxobchalarida dunyoning asosiy beshta valyutasi — AQSh dollari, yevro, funt sterling, Shveysariya franki va yapon iyenasi qabul qilinmoqda.

1 AQSh dollari 8000 so‘mdan sotib olinib, 8150 so‘mdan sotilmoqda. 1 funt sterling 10 527 so‘mdan sotib olinib, 10 537 so‘mdan sotilmoqda. 1 yapon iyenasi esa 74 so‘mdan sotib olinib, 77 so‘mdan sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Konversion karta ochish uchun to‘lanadigan komission to‘lov 100 ming so‘mgacha kamaytirildi