Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 697-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi, deb yozmoqda “Norma” sayti.
Hujjatda Markazning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, Markaz yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyat olib borishi uchun ilmiy munozara-klublar shakllantirish, yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarga mualliflik guvohnomalarini rasmiylashtirish, ommalashtirish va tijoratlashtirish jarayonlarida ko‘maklashish, mahalliy va xorijiy yetuk mutaxassislar ishtirokida masofaviy onlayn mahorat darslari o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Belgilanishicha, Markaz xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.
Markaz qurilishi uchun Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi hududidagi Universitet ko‘chasi bo‘yidan 3 gektar yer maydoni ajratiladi. Qurilish va jihozlash ishlari 2018 yil 1 sentyabrgacha tugallanishi lozim.
Markaz faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari Kengashi tashkil etiladi.
Hujjat 2017 yil 11 sentyabrda kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!