Abdulaziz Komilov: O‘zbekiston 2030 yilda o‘rtadan yuqori rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi

25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasida chiqish qildi.
O‘zbekiston TIV rahbari yig‘ilganlarga O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda erishgan yutuqlari haqida gapirdi.
"O‘zbekiston uchun asosiy maqsad 2030 yilga borib aholi daromadi jahondagi o‘rtacha daromaddan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish hisoblanadi. Asosiy e’tibor qishloq aholi yashash sharoitini yaxshilash, shahar va qishloq o‘rtasidagi farqni kamaytirishga qaratiladi. Qishloq joylarda namunaviy uylar qurilishi davom ettiriladi", deydi Abdulaziz Komilov.
Abdulaziz Komilov o‘z chiqishida mamlakat tomonidan o‘tgan davr mobaynida 2000-2015 yillarga mo‘ljallangan BMT Ming yillik rivojlanish dasturi doirasida barcha sohalarda erishilgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, dunyoda iqtisodiy inqiroz davom etayotgan sharoitda O‘zbekistonda YaIM o‘sish surati o‘rtacha 8 foizdan yuqori bo‘layotgani, aholining o‘rtacha yashash umri 67dan 73 yoshga uzaygani, ayollarning o‘rtacha umri esa 75 yoshni tashkil etayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, 2009 yildan OITS/OITV kasalligiga chalinish holatlari pasayishi ta’minlangani aytildi. Tuberkulez bilan og‘rigan bemorlar 2002 yildan buyon 1,6 barobarga kamaygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing