O‘zbekistonda yangi yildan yagona o‘quvchi formasi joriy etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov OAV xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilgan.
«Davlat rahbari ta’kidlaganidek, maktab formasi bir xilda bo‘lishi birinchi navbatda o‘quvchilar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlaydi. O‘quvchi bilan talaba kiyimi ham bir-biridan farq qilishi kerak. Forma borasidagi taklifimizni ota-onalar yaxshi qabul qildi. Shu paytga qadar ham maktab o‘quvchilarining o‘z formalari bo‘lgan, biroq turli maktablarda turlicha edi», — dedi Ulug‘bek Inoyatov.
Vazirning aytishicha, ayni vaqtda dizaynerlar bu borada ish olib bormoqda. Kelgusida bu kiyimlar ota-onalar va pedagoglar muhokamasiga qo‘yiladi.
«Kun.uz» ma’lum qilishicha, «O‘zbekengilsanoat» AJ mutaxassislari tomonidan milliy mentalitetimizdan kelib chiqan holda o‘quvchi formasining 7-8 xil turi tayyorlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Tramp va Bayden uchrashuvida «ixtilofli masalalar» muhokama qilindi
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi