6 217
Rossiyaga meva-sabzavotlarni yetkazib berish hajmi yiliga 1 milliard dollargacha oshiriladi
Rossiya bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda savdo aloqalarini rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Rossiya bizning asosiy, eng yirik, birinchi raqamli hamkorimiz. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi deyarli 16 foizga o‘sdi. Bu juda muhim va ijobiy ko‘rsatkich. Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Elyor G‘aniyev O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumida shunday bayonot bilan chiqdi.
"Bu 16 foiz bilan cheklanib bo‘lmasligini hammamiz yaxshi anglab turibmiz. So‘nggi sakkiz oydagi 3,1 milliard dollarlik tovar aylanmasi mamlakatlarimizning ulkan iqtisodiy salohiyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.
Shu yilning o‘zidayoq O‘zbekiston Rossiyaga sarxil meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni deyarli 30 foizga oshirdi. Bu rossiyalik riteylerlar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari iste’molchilari bilan tizimli korporativ munosabatlarni o‘rnatish natijasidir.
"O‘zagroeksport" va "O‘zagrolayn" kompaniyalari o‘rtasida umumiy savdo uyi yaratildi. Hukumat darajasida "yashil yo‘lak" yo‘lga qo‘yilishiga doir kelishuv imzolandi. Bunda bojxona organlarimiz va karantin xizmati muhim rol o‘ynadi. "Yashil yo‘lak" to‘liq ishga tushishi munosbati bilan mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan Rossiya hukumati va prezident Putinga minnatdorchilik bildiramiz.
Bugungi kunda meva-sabzavotlarni yetkazib berish hajmini yiliga 800 million-1 milliardgacha oshirish imkoni mavjud. Bu haqiqat. Biroq, afsuski, hozircha shu ko‘rsatkichlar qolmoqda, zero 30 foizlik o‘sish ham u qadar yuqori emas. Bu sohada juda katta salohiyatimiz bor", - dedi G‘aniyev.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda