23:31 / 17.11.2017
9 340

2018 yildan suv ta’minoti uchun oldindan 100 foiz haq to‘lanadi

2018 yildan suv ta’minoti uchun oldindan 100 foiz haq to‘lanadi
16 noyabr kuni Prezident tomonidan “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi, deb yozmoqda Uz24 sayti.

Farmonda respublikaning vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligini boshqarish tizimini, suv iste’molini nazorat qilish va hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirishni, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar nazarda tutildi.

Endilikda, Byuro elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lov intizomini mustahkamlash bilan bir qatorda suv ta’minoti va suv chiqarish sohasida to‘lovlar undirilishini ta’minlaydi.

Farmon qabul qilinishi munosabati bilan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibiga ham jiddiy o‘zgartishlar kiritildi.

Xususan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab bunday xizmatlar uchun 100 foizlik oldindan haq to‘lash tartibi joriy etildi. Bunda suv ta’minoti va suv chiqarish tarmog‘idan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulash iste’molchilar guruhlaridan kelib chiqib ulardan eng kam oylik ish haqining ikki va o‘n baravari miqdorida to‘lov undirish orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2018 yil 1 yanvarga qadar suvni ishlab chiqarish, yetkazib berish va taqsimlashni nazorat qilish va hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini yaratish hamda joriy etishni, shu jumladan suv taqsimlash tarmoqlarida hisobga olish uskunalarini o‘rnatishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2018 yildan suv ta’minoti uchun oldindan 100 foiz haq to‘lanadi