
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati IIB YHXB tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan 476 ta va yuridik shaxslarga tegishli 164 ta davlat raqam belgilari birja orqali oshirilgan to‘lov stavkasida sotuvga qo‘yildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Natijada o‘tgan vaqt oralig‘ida jismoniy shaxslarga 49 ta, yuridik shaxslarga 29 ta davlat raqami oshirilgan qiymatda sotilgan.
Sotuvlardan 1 milliard 385 million so‘mdan ortiq mablag‘ davlat byudjetiga kelib tushishi ta’minlangan. Viloyat IIB YHXB tomonidan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish borasida davlat raqam belgilarining sotuvi davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar