21:00 / 12.12.2017
6 921

2018 yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirishga juda katta mablag‘ ajratiladi

2018 yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirishga juda katta mablag‘ ajratiladi
2018 yilda, xuddi avvalgi yillardagi kabi, xarajatlarda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ustuvorlik saqlanib qoladi. Shu tariqa, ijtimoiy sohani moliyalashtirishga 34,7 trillion so‘m (4,2 mlrd dollar)ni yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda kelasi yil uchun Davlat byudjetini muhokama qilishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

2018 yilga byudjet parametrlarida qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lib, bunga 8,5 trillion so‘m (1 mlrd dollar)ni yo‘naltirish taklif etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, uy-joy-kommunal ishlarga xarajatlar 228,6 milliard so‘m (28 mln dollar)ni tashkil etadi, jumladan, ko‘p qavatli uylarga yaqin bo‘lgan hududlarni obodonlashtirishga 47,2 milliard so‘m (5,8 mln dollar), ko‘p qavatli turar-joy fondida lift qurilmalarini ta’mirlash va almashtirishga – 22,4 milliard so‘m (2,7 million dollar) yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2018 yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirishga juda katta mablag‘ ajratiladi