
2016 yil 31 dekabrning so‘nggi daqiqalari: hamma Yangi yilni kutib olish arafasida Prezident tabrigini eshitish uchun televizor yoniga yaqinlashdi. Tabrik an’anadagidek – Yangi yil kirishidan 15-20 daqiqa avval boshlanmadi.
Ekranda doimgidek diktor emas, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev paydo bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi ilk bor Yangi yil tabrigini Prezidentning o‘zidan eshitdi. Unga bo‘lgan ishonchi yanada oshdi, ta’bir joiz bo‘lsa, Yangi yildagi rejalarini Prezident bilan birgalikda tuzdi. Prezident esa har bir xonadonda mehmon bo‘ldi.
Bu yoqimli voqea, xalqni davlat rahbariga, davlat rahbarini esa xalqqa yanada yaqinlashtirgan an’ana yana davom etadi. Bugun, 31 dekabr kuni, 2018 yil kirib kelishi arafasida bayram tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zidan eshitamiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangi yil tabrigini barcha telekanallarda va Prezidentning Facebook’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing