07:41 / 16.01.2018
11 500

O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv e’lon qilindi

O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 13 yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi va belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar zaxirasiga bo‘shatish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2018 yilning fevral - mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2018 yilning fevral - aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasiga bo‘shatiladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.Mahmudov zimmasiga yuklandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv e’lon qilindi