Markaziy bank o‘tgan yilda sotilgan va xarid qilingan xorijiy valyuta to‘g‘risida ma’lumotlarni ma’lum qildi. 2017 yil sentyabr-dekabr tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan 854 million dollarni sotib olishdi.
"Aholidan xorijiy valyutani solib olish operatsiyalari asosiy ulushi Toshkent — 32 foiz%, Samarqand — 10 foiz, Farg‘ona — 9 foiz%, Andijon — 8 foiz, Namangan — 7 foiz to‘g‘ri keladi", — deb ta’kidlashdi Markaziy bankda.
Valyutani aholiga sotishga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston banklari aholiga 56 million dollar sotishgan. Bu jarayon to‘rt oy davomida doimiy ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi: sentyabrda — 3,9 million dollar, oktyabrda — 11,9 million dollar, noyabrda — 17,8 million dollar, dekabrda — 22,3 million dollar.
"Chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish hajmining oyma-oy o‘sishi, import qiluvchi xususiy tadbirkorlarning norasmiy bozordan bank sektoriga o‘tishi bilan izohlanadi, ularning umumiy sotishdagi ulushi 60 foiz yoki 33,5 million dollarni tashkil qildi", — deya ma’lum qilishdi Markaziy bankda.
Banklarda dollar sotib olish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan hududlar bu: Toshkent — 48 foiz, Toshkent viloyati — 12 foiz, Namangan va Farg‘ona — 9 foiz, Xorazm — 7 foiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2017 yil 5 sentyabrdagi jismoniy shaxslar banklar orqali ayirboshlash yo‘lga qo‘yilgandi. Valyuta sotib olinishi tijorat banklarning konversion bo‘limlarda xalqaro to‘lov kartalariga tushirilishi orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu kartalardan foydalanishda chet el mamlakatlarida hech qanday cheklovlar yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar