19:10 / 24.02.2018
5 901

O‘zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo‘ladi
2018 yilning uchinchi choragida mamlakatimizda “aqlli qishloq” (smart village) loyihasi pilot tarzda amalga oshirilishi mumkin, deb yozmoqda Norma.

Prezidentning “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida umumiy muhokama uchun joylashtirilgan bo‘lib, unda shunday loyiha xususida so‘z boradi.

“Aqlli qishloq” muqobil manbalardan foydalangan holda o‘zini to‘laligicha energiya bilan ta’minlaydigan uylardan iborat bo‘ladi. Uylar shamol generatorlari, fotoelektr panellari, termonasoslar va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi.

“Aqlli qishloq” konsepsiyasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etishni ham ko‘zda tutadi.

Hujjatda “Aqlli qishloq” loyihasini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi taklif etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo‘ladi