Toshkent aholisidan elektr ta’minoti uchun olinadigan to‘lovlarning 70 foizdan ortig‘i onlayn rejimida qabul qilinadi

“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan avtomatlashtirilgan billing tizimini joriy etish yo‘li bilan iste’mol qilingan elektr energiyasiga haq to‘lash mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
12news.uz’ning yozishicha, Toshkent shahrida tizimli ishning amalga oshirilishi natijasida hozirda aholidan olinadigan to‘lovlarning 70 foizdan ko‘prog‘i “on-line” tartibida qabul qilinmoqda.
Iste’molchilar uchun elektr energiyani avtomatik ravishda nazorat qilish va hisob-kitob qilish tizimining joriy etilishi bilan elektr energiyani hisob-kitob qilish tizimini modernizasiya qilish loyihasi doirasida kompaniya tomonidan 5 milliondan ortiq elektr energiyani hisob-kitob qiluvchi zamonaviy o‘lchagichlarning o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Bu loyihani amalga oshirish uchun “Osiyo taraqqiyot banki”, “Islom taraqqiyot banki”, “Jahon banki” va boshqa sarmoyachilarning mablag‘lari jalb qilingan.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekenergo” kompaniyasi narxi 800 million dollardan ziyodroq bo‘lgan elektr energiya iste’molini hisob-kitob va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi dasturini joriy qilmoqda.
Bu dasturni Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida amalga oshirish uchun 2012 yilda O‘zbekiston hukumati va «O‘zbekenergo» tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ajratgan 150 million dollar miqdoridagi qo‘shimcha mablag‘ olingan.
O‘zbekistonning bu dasturdagi ulushi 59 million dollarni tashkil etgan. O‘zbekistonda aholi soni eng ko‘p bo‘lgan va eng ko‘p elektr energiya iste’mol qiluvchi Toshkent shahri va Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida bu dasturni amalga oshirish maqsadida 2012 yilning 27 martida Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi 180 million dollarlik kredit ajratish qarorini ma’qulladi. O‘zbekistonning ulushi 66 million dollarni tashkil etadi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing