date

IIV vakili: Ko‘pchilik fuqarolarimiz pasportni yangilash masalasiga befarqlik bilan qarayapti

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar Xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi aholini pasportlashtirishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi shahar markazi inspektori Alijon Samikov biometrik pasport olish bilan bog‘liq bir qator savollarga javob berdi. Bu haqda «Bekajon» gazetasi xabar bermoqda.

IIV vakili: Ko‘pchilik fuqarolarimiz pasportni yangilash masalasiga befarqlik bilan qarayapti

«Yangi pasport olishga ulgurmaganlar jarimaga tortiladimi?», — degan savolga javob berarkan, Samikov yangi pasport uchun ariza topshirib, navbati pasportning amal qilish muddati tugaganidan keyin kelgan fuqarolarga jarima solinmasligini, e’tiborsizlik tufayli pasportining amal qilish muddati tugaganidan so‘ng yangi pasport so‘rab murojaat qilgan fuqarolardan jarima undirilishini ma’lum qildi.

«Fursati kelganda bir gapni aytishim kerak — ko‘pchilik fuqarolarimiz pasportni yangilash masalasiga befarqlik bilan qarayapti», — dedi Alijon Samikov.

IIV vakili xorijga chiqishga ruxsat stikeri eski namunadagi pasportlarga ham rasmiylashtirib berilishi mumkinligini, pensiya, nafaqa puli, oylik maosh kabilarni berish uchun biometrik pasport talab qilish 2015 yil oxirigacha asossiz harakat ekanligini ma’lum qildi, biometrik pasport yana o‘zgarishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi.

Avvalroq O‘zbekistonda biometrik pasport olish muddati 2017 yilgacha uzaytirilgani haqidagi mish-mishlar rad etilgan edi.


Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » IIV vakili: Ko‘pchilik fuqarolarimiz pasportni yangilash masalasiga befarqlik bilan qarayapti