7 403
50 va 100 so‘mlik tangalar va 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalar muomaladan qaytarib olinadi
Eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.
Nizomga asosan, muomaladagi 50 va 100 so‘mlik tangalar, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotalar muomaladan qaytarib olinadi. Ularning o‘rniga esa 2018 yil namunasidagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik, 200 so‘mlik va 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi.
2011 yil namunasidagi qiymati 500 so‘m bo‘lgan tangalar muomalaga layoqatli.
Barcha tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan, aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalarni hamda eski namunadagi banknotalarni hech qanday moneliksiz, cheklovlarsiz qabul qilishlari va hech qanday to‘lov yoki vositachilik haqi undirmagan holda ularni ayirboshlab berishlari shartligi hamda mijozlar arizasiga asosan omonatga, bank plastik kartochka hisobvaraqlariga kirim qilish uchun qabul qilishlari mumkin ekanligi belgilandi.
Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi 50 va100 so‘mlik tangalar hamda 50 va 100 so‘mlik eski namunadagi banknotalar uchun 2019 yil 1 iyulgacha, 200 va 500 so‘mlik eski namunadagi banknotlar uchun 2020 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatlar belgilandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi