4 910
Shavkat Mirziyoyev: “Eksport bilan shug‘ullanmagan hokimga prokuror chora ko‘rishi shart”
29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Biz hali ham bozor bilan ishlashni bilmaymiz. Nega men Jalilovni («O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov - tahr.) qo‘ydim? Kattakonlarga yaxshi ko‘rinadigan paytlar o‘tdi. Bozor narxi bilan sotsak ertaga manfaat bo‘ladi. Investorlar bizdagi vaziyatni juda yaxshi biladi. Ertaga nima bo‘larkin, deb o‘ylayapti. Har kuni katta-katta gazetalarda maqolalar berilmoqda. Har kuni provokatsion maqolalar ko‘p. Lekin, tanlagan yo‘limizdan qaytmaymiz. O‘zbekistonda 10 mlrd dollarlik eksport salohiyat bor, aynan qishloq xo‘jaligida. Shuni qilsak, banklar ham, odamlarimiz ham rozi bo‘ladi.
Xitoyning karantin, veterinariya bo‘yicha idorasi yaqinda O‘zbekistonda korxona ochadi. Endi eng katta bozorimiz - Xitoy. Ushbu davlat yaqin.
Bosh prokuror endi eksportyorlarni 10 kunda bir marta yig‘ib, muammolarni muhokama qiladi. Eksport bilan shug‘ullanmagan hokimga prokuror chora ko‘rishi shart. Eksport bilan hammamiz shug‘ullanishimiz kerak», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi