date
views 4 951

Tarixda ilk bor Toshkentdagi bozor tadbirkorga mustaqil boshqarish uchun berildi

Tarixda ilk bor Toshkentdagi bozor tadbirkorga mustaqil boshqarish uchun berildi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Navro‘z dehqon bozori” O‘zbekiston tarixida ilk marotaba tadbirkorlik subyektiga ishonchli boshqaruvga berildi. Bu haqda Adliya vazirligi “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.

Davlat rahbarining topshiriqlariga asosan, Toshkent shahrida mahalliy boshqaruvning alohida tartibini joriy etish maqsadida Farmon loyihasi tajriba sifatida sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu tajriba doirasida Prezident devoni boshchiligida hamda Adliya vazirligi xodimlarining huquqiy yordamida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanida tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: ishonchli boshqaruv, bu — davlat mulkidan tashkil topgan va amalda davlat idorasining boshqaruvida bo‘lgan mol-mulkni tadbirkorlik subyektiga ishonchli boshqaruvga topshirishdir.

Bu, o‘z navbatida, mazkur bozorni endilikda tadbirkor tomonidan mustaqil ravishda erkin iqtisodiy qonuniyatlari asosida hamda davlat organlarining ta’siridan mutlaqo holi holda boshqarish, demakdir.

Ta’kidlash joiz, bugungi kunda respublikada davlat ulushi bo‘lgan 491 bozor va savdo komplekslari mavjud. Joriy yil birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra, ularning byudjet, jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi qarzdorligi 80 mlrd. so‘mdan ortiq qiymatni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tarixda ilk bor Toshkentdagi bozor tadbirkorga mustaqil boshqarish uchun berildi