
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligining quyidagi taklifi ma’qullandi:
Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasida asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentini tashkil etish:
shahar transportini tartibga solish va rivojlantirishning samarali mexanizmlarini tashkil etish, boshqarish, ishlab chiqish va qo‘llash tizimini takomillashtirish;
transport va yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek, avtomobil to‘xtash joylarini rivojlantirish sohasida shahar dasturlarini ishlab chiqish;
shahar yo‘lovchi transporti faoliyat yuritishining ishonchliligi, xavfsizligi va qulayligini oshirish;
yo‘llar, yo‘l obyektlari va yo‘l-transport inshootlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash uchun yo‘l harakatini tashkil etishning xavfsiz va samarali dasturlari va chizmalarini, shu jumladan, yo‘l harakatini tartibga solish tizimlarini, zamonaviy intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlarini rejalashtirish, loyihalash va joriy etish;
Toshkent shahar tashkilotlari, shu jumladan, kommunal va ekspluatatsiya tashkilotlarining yo‘l-transport infratuzilmasi va yo‘l obyektlarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, muvofiqlashtirish. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar