2018 yil 16 sentyabr kuni taxminan soat 18:00 lardan boshlab Oʻzbekistonda Facebook ijtimoiy tarmogʻi ishida yana uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib boʻlmayapti, foydalanuvchilar anonimayzerlar va VPN orqali bogʻlanish orqali sayt hamda ilovalarga ulanishmoqda.
Sentyabr oyi boshida ham ijtimoiy tarmoqqa Oʻzbekistondan kirib boʻlmay qolgan edi. 3 sentyabrda yuzaga kelgan muammo 12 sentyabrga kelibgina bartaraf boʻlgandi.
Ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolar paydo boʻlgach, foydalanuvchilar orasida Facebook Oʻzbekistonda yopilgani toʻgʻrisida taxminlar paydo boʻlgan, biroq “Oʻzbektelekom” bunday ehtimolni rad etib, Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilayotganini rasmiy bayonot bilan taʼkidlab oʻtgan edi.
Facebook bir haftadan koʻproq muddat ishlamaganiga shundan boshqa izoh berilmadi.
Qayd etish kerakki, Facebookʻga ulanish borasida muammolar boshlangach, Oʻzbekistondagi Android va iOS qurilmalari egalari VPN dasturlarini ommaviy ravishda yuklab ola boshlashdi va bu Google Playʻda ham oʻz aksini topdi - Secure VPN va Thunder VPN Oʻzbekiston boʻyicha eng koʻp yuklab olinuvchi ilovalar 20taligiga kirdi.
Agar sizda Facebook ishlamayotgan boʻlsa, sizga VPN yordam beradi. Ushbu maqola orqali ijtimoiy tarmoqdan yana muammosiz foydalanishni boshlashingiz mumkin boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin