3 615
O‘zbekistonlik razvedkachilar Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida g‘olib chiqdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada 34 davlatdan 123 ta jamoa qatnashdi. "Kembriya patruli" musobaqasi 40 yildan buyon Uelsda an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinadi.
Ishtirokchilar Kembriya tog‘ida to‘liq qurollangan holda hech qanday navigatsiya vositalarisiz kamida 25 kg yuk bilan 70 km masofani 48 soatda bosib o‘tishlari lozim. Tog‘da 1500 m balandlikka ko‘tarilib, 1000 m tik nishablikdan tushishga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘rin Hindiston va Fransiya jamoalariga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniya va Qozog‘iston jamoalari egalladi.
22 oktyabr kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida “Kembriya patruli” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
To‘qqiz nafar g‘olibga O‘zbekiston mudofaa vazirligining “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi