2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.
Mazkur Kengash Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik hamda idoralarning samarali ishlarini tashkil etadi, shuningdek, ushbu maqsad va vazifalarning tarmoq, mintaqa va maqsadli rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarga kiritilishini ta’minlaydi.Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi vazifasini Iqtisodiyot vazirligi bajaradi.
Qaror bilan tasdiqlangan Milliy maqsad va vazifalar o‘zida 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasida jami 17 ta maqsad va ular doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni qamrab olgan. Jumladan, amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 2030 yilgacha O‘zbekistonda o‘ta qashshoqlikni tugatish, kam ta’minlangan aholi sonini hozirgiga nisbatan ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilgan.
Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida esa aholi o‘rtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt o‘limlar sonini 30 foizga qisqartirish, shuningdek 2025 yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini ikki baravarga qisqartirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, umumqamrovli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish maqsadi bo‘yicha 2030 yilgacha o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali o‘qituvchilar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi