Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 31 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 va 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi