15:26 / 28.11.2018
4 645

O‘zbekistonda suv ta’minoti uchun oldindan 100 foiz to‘lash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda suv ta’minoti uchun oldindan 100 foiz to‘lash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 23 noyabrdagi qarori bilan Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi «Sof.uz».

Xususan, iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlariga oldindan 100 foiz to‘lash tartibi belgilandi. Ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun hisobga olish priborlari mavjud bo‘lganda oxirgi uch oyning o‘rtacha sarfi bo‘yicha hamda hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda oylik iste’mol normasi bo‘yicha keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishi lozim.

Iste’molchi keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lovlarini amalga oshirmasa, Majburiy ijro byurosi iste’molchilarni yozma ravishda xabardor qilgan paytdan boshlab besh ish kuni o‘tgandan keyin qarzlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchilarni ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati tarmoqlaridan uzib qo‘yish yo‘li bilan undirish choralarini ko‘radi.

Tuzatishlarga ko‘ra, ko‘chmas mulkning yangi egasi avvalgi uy egasining debitorlik qarzlari uchun javobgar bo‘ladi. Ob’ekt egasi o‘zgarganda iste’molchi chiqib ketishidan 7 kun avval debitorlik qarzlarini uzib, bu haqda byuro bilan dalolatnoma imzolashi shart. Iste’molchi chiqib ketgach, suvni hisobga olish asbobi, plombalarning butligi va qoplanmagan debitorlik qarzorlik uchun javobgarlik ob’ektning yangi egasi zimmasiga yuklanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda suv ta’minoti uchun oldindan 100 foiz to‘lash tartibi belgilandi