
O‘zbekistonda shaxsning sudlanganlik holati qator paytlarda tugallanadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar qilmoqda.
Bunday holatlar:
shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;
ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – ikki yil o‘tgach;
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – to‘rt yil o‘tgach;
besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – yetti yil o‘tgach;
o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – o‘n yil o‘tgach. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar