
15 yanvarda salqin va nam havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
16-17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 yanvarda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
18-19 yanvarda respublika hududlariga Turkmanistondan iliq havo massalari kirib keladi, 18 yanvarda iliq harorat fonida yomg‘ir yog‘adi, 19 yanvarda esa Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi bilan ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Shu kunlarda harorat kechalari 3-5 daraja iliqdan 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 6-8 daraja iliqdan 15-17 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar