
Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka, mol go‘shti va boshqa mahsulotlar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashev shunday rejalar haqida ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Jamshid Xo‘jayevning qirg‘izistonlik hamkasblari bilan muzokaralari davomida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik, urug‘chilik va agrar sohaning boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
Avvalroq, Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Janibek Kerimaliyev parlament majlisida Murashov O‘zbekistonda bo‘lib turgani, u yerda kartoshkani sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishi haqida xabar bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar