
Foto: Uzairways
Uzairways Airbus A320neo samolyotida parvozlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.
14 mart kuni soat 13.40 da ilk reys Toshkent—Boku—Toshkent yoʻnalishi boʻyicha poytaxt xalqaro aeroportidan uchib ketdi.
Yangi samolyotning ilk yoʻlovchilari salonda yaratilgan sharoitlar — zamonaviy dizayn, alohida ekranga ega qulay va keng kreslolar, aloqa va Wi-fi tizimidan foydalanish imkoniyatlariga munosib baho berishlari mumkin boʻladi.

Foto: Uzairways
Eslatib oʻtamiz, Airbus A320neo Uzairways aviaparkiga joriy yil 11 mart kuni qoʻshildi. Ikkinchi shunday rusumdagi samolyot aprel oyida keltirilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar