2 890
O‘n mingdan ortiq yuqori malakali vatandoshlar haqida ma’lumotlar bazasi yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda 2019 yil birinchi choragida TIV tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida nutq so‘zladi. TIV uning matnini e’lon qildi.
Ne’matov bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabr oyida vatandoshlar bilan ishlash Davlat konsepsiyasiga asosan elchixonalar tomonidan muayyan ishlar olib borilgan.
Vatandoshlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish va ularga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berish maqsadida elchixonalar tomonidan 100 dan ortiq tadbirlar, videokonferensiyalar, brifinglar, davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Natijada 10 mingdan ortiq yuqori malakali vatandoshlar haqida ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
Joriy yilning birinchi choragida TIV asosiy e’tiborni 2019 yilni «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish», deb e’lon qilinganidan kelib chiqib, iqtisodiy diplomatiyani, ya’ni mamlakatimiz iqtisodiga chet el sarmoyalarini jalb qilishga, eksportni o‘sishiga va turistlar oqimini ko‘paytirishga qaratgan.
Elchixonalar tomonidan umumiy qiymati 5,19 mlrd. doll. bo‘lgan 211 ta loyiha ishlab chiqilib viloyatlarga tashriflar chog‘ida taqdim etilgan. 2019 yil oxirigacha qiymati 516,8 mln. doll. bo‘lgan 103 ta loyiha va 2020 yilda qiymati 2,34 mlrd. doll. bo‘lgan 72 ta loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"