
O‘zbekiston Rossiyani Su-30SM ko‘p funksiyali qiruvchi samolyotlari va ularga o‘q-dori vositalarini sotib olish rejalari haqida xabardor qildi. Bu haqda RIA Novosti vaziyatdan boxabar manbaga tayangan holda ma’lumot tarqatdi.
«O‘zbekiston tomoni Rossiyaga RF tomonidan davlat eksport krediti ajratilishi hisobidan, Su-30SM ko‘p funksiyali qiruvchi samolyotlari, uchuvchilarni yerdan qo‘llab-quvvatlash uskunalari, nazorat-tekshiruv vositalari, ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, nishonga olish bo‘yicha aviatsion vositalar, shuningdek, parvozlar va muhandislik-texnik tarkibni tayyorlash vositalarini sotib olishdan manfaatdor ekani to‘g‘risida ma’lum qildi», - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston samolyotlarni sotib olish uchun ariza jo‘natadi.
Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat RIA Novosti’ga «O‘zbekiston tomoni Su-30SM qiruvchi samolyotlarini sotib olishga qiziqish bildirayotgani»ni tasdiqladi.
Su-30SM qiruvchisi «OKB Suxogo» tomonidan ishlab chiqilgan va Irkutsk aviatsiya zavodida seriyali ishlab chiqariladi. Su-30SM 4+ avloddagi ko‘p nishonli Su-30 og‘ir qiruvchi samolyotining so‘nggi modifikatsiyasidir.
O‘zbekiston, shuningdek, RFga MiG-29 qiruvchi samolyotlari parkini modernizatsiya qilish bo‘yicha ariza yuborgan. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yil O‘zbekistonda turli modifikatsiyadagi 12ta MiG-29 bo‘lgan, yana 18ta samolyot saqlanishda edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar