Anqara shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbari – Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi.
Vazir davlatimiz rahbarining Turkiya prezidenti va birodar xalqiga yo‘llagan iliq salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Erdo‘g‘an o‘z navbatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholadi, davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish jarayonidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini e’tirof etdi.
Suhbat chog‘ida oliy darajadagi uchrashuvlar hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo aralash komissiya va Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining yig‘ilishlari natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi, ikki tomon kun tartibining boshqa jihatlari, xususan asosiy qo‘shma tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqildi.
Joriy yilda Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston-Turkiya muloqoti, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan shakllangan ishonch, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish muhiti davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos hisoblanishi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi