9 yanvardan O‘zbekiston hududida keskin havo sovushi kutilmoqda

O‘zbekiston gidrometeorologiya Markazining xabar berishicha, yaqin kunlarda Respublika hududida keskin sovuq tushishi kuzatiladi. 9 yanvar juma kunidan boshlab iliq harorat ayoz bilan almashadi, deb xabar bermoqda Kun.uz. Iliq havoda sayr qilishni xush ko‘ruvchilar ertaga 16-18° issiqda aylanishlari mumkin.
“9-12 yanvarda O‘zbekiston hududi bo‘ylab havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Kuchli qor va yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 5-7° sovuq, kunduzi 0° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘adi. 7-12 yanvar kunlari qor ko‘chish ehtimoli mavjud”, deyiladi Markaz bergan xabarda.
Foto: Kun “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing