16:00 / 20.09.2019
2 715

Shavkat Mirziyoyev BMT guruhining mukofoti bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev BMT guruhining mukofoti bilan taqdirlandi
2019 yil BMTning Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidan tashqaridagi nominatsiyasida o‘zining ulkan xizmatlari uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taqdirlandi.

BMT idoralararo ishchi guruhining yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish to‘g‘risida o‘zining 11 yig‘ilishida har yili yuqumli bo‘lmagan kasallikni oldini olish va nazorat qilish borasida o‘zining ulkan hissasini qo‘shganlarni aniqlab taqdirlash maqsadida BMTning 2018 yildagi mukofotlari to‘g‘risida kelishib olishgan.

2019 yil fevralida quyidagi to‘rt toifada tashkilotlarga nominatsiyalar taklif qilingan:

- Sog‘liqni saqlash vazirliklari; (yoki sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi davlat idoralari)
- Vazirliklar (yoki hukumat idoralari) sog‘liqni saqlashdan tashqari;
- Nodavlat ishtirokchilar; (nodavlat tashkilotlar, akademiyalar yoki xayriya tashkilotlari)
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakat jamoalari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev BMT guruhining mukofoti bilan taqdirlandi