15:49 / 02.12.2019
4 483

Oʻzbekistonda juda iliq ob-havo saqlanib turadi

Oʻzbekistonda juda iliq ob-havo saqlanib turadi
Noyabrning oxirgi kunlarida atmosferada havo oqimlari keskin oʻzgardi. Oʻzi bilan Rossiyadan sovuq havo olib kelgan shimoli-gʻarbiy shamollar oʻrnini Oʻzbekiston hududiga xorijiy janubdan kirgan juda iliq havo oqimi egalladi.

“Oʻzgidromet”ning yozishicha, havo juda tez ilib, oʻtgan dam olish kunlari 13-18 darajaga, ayrim joylarda 20-22 darajagacha koʻtarildi, bu dekabr oyining boshlanishi uchun xos boʻlgan iqlimiy meʼyorlardan 7-9 darajaga yuqoridir.

Shu haftaning asosiy qismida respublikada juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat foni kechasi 4-9 daraja, kunduzi 14-19 daraja atrofida boʻladi. Yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Haftaning oxiriga borib, juma va shanba kunlari Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi tomondan nisbatan salqin va nam havo oqimlarining kirishi kutilmoqda. Oʻzbekiston boʻyicha havoning bulutliligi ortib, ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi.

Kunduzgi harorat 7-12 daraja iliqqacha tushadi, kechasi 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi, bunday harorat iqlimiy meʼyorlarga yaqin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda juda iliq ob-havo saqlanib turadi