
O‘zbekistonda fuqaro aviatashishlarini amalga oshiruvchi kamida 5ta yangi rezident aviakompaniyalar tashkil etiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
2020 yil 1 aprelga qadar chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda:
- fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar sonini yanada ko‘paytirish;
- mamlakatda fuqaro aviatashishlarini amalga oshiruvchi kamida 5ta yangi rezident aviakompaniyalar tashkil etish;
- yangi aviareyslar ochish va qatnovlar davriyligini oshirish asosida mavjud aviaqatnovlar sonini qo‘shimcha 2,8 mingtaga ko‘paytirish;
- IATA (Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi) “Summer-2021” yozgi mavsum boshlanguncha “Ochiq osmon” rejimi tatbiq etilgan mamlakatning xalqaro aeroportlarining har birida yangi 10 ta xalqaro aviareysni yo‘lga qo‘yish;
- aviareyslar sonini oshirish maqsadida maqsadli mamlakatlarda jadal marketing kampaniyasini olib borish;
- turizm sohasida nufuzli xalqaro reytinglarda, xususan Butunjahon sayohat va turizm kengashi (World Travel & Tourism Council) reytingida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash;
- Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining, jumladan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda xorijiy diplomatik vakolatxonalarda elchining birinchi o‘rinbosari maqomiga tenglashtirilgan vakillarini tayinlash mexanizmini joriy qilish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, vazirlik va idoralar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar