11:43 / 21.02.2020
2 617

O‘zbekistonda Google, Yandex va Facebook’ning resurslari joylashtiriladi

O‘zbekistonda Google, Yandex va Facebook’ning resurslari joylashtiriladi
Foto: Xalqaro press-klub
Joriy yil 20 fevral kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Davlat dasturi loyihasining ijtimoiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tadbirda AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov ishtirok etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BAA bilan birgalikda amalga oshirilayotgan «Bir million dasturchi» loyihasi aholining keng qatlamlarini masofaviy ta’lim bilan qamrab olishga, kerakli kadrlarni tayyorlashga ko‘mak beradi.

«Internet tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda foydalanuvchilar ehtiyoji uchun internetga ulanish imkoniyati tezligini 10 marotabaga oshirish (aholida internetga ulanish imkoniyatini o‘rtacha 10 Mbit/s dan 100 Mbit/s gacha, korxona va tashkilotlarda esa 100 Mbit/s dan 1000 Mbit/s gacha), xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga (1200 dan 3 000 Gbit/s.) kengaytirish loyihasini amalga oshirishi nazarda tutilgan.

Shuningdek internet tarmoqlarida yirik xorijiy kontent tashkil etuvchi Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublikamiz hududiga joylashtirish ishlari olib boriladi.

Viloyatlararo magistral transport va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik darajasi 2 barobarga, ya’ni 200 dan 400 Gbit/s.gacha, tumanlararo o‘tkazuvchanlik darajasini 1,5 barobarga, ya’ni 40 dan 60 Gbit/s.gacha kengaytiriladi.

Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash maqsadida respublikamizning aholi hududlari bo‘yicha 12 ming kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari quriladi. Hududlarda mobil aloqa qamrovini kengaytirish maqsadida keyingi 2 yilda 4 400 ta (2020 yilda 2 200 ta, 2021 yilda esa 2 200 ta) mobil aloqa tarmoqlarining baza stansiyalari o‘rnatiladi, bu loyihaning asosiy e’tibori chekka aholi maskanlariga qaratiladi.

Joriy yilning o‘zida aholi maskanlarining keng polosali mobil aloqa qamrovini 70 foizdan 85 foizgacha yetkazilishi rejalashtirildi», - dedi Olimjon Umarov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Google, Yandex va Facebook’ning resurslari joylashtiriladi