
Bugun va dam olish bayram kunlarida O‘zbekiston hududi markazi shimoliy Ural hududi ustida joylashgan sovuq antisiklon chegarasi ta’sirida bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 7 martga o‘tar kechasi mamlakatning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Tungi harorat 0 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduzi havoning nisbatan sovuq bo‘lishi, salqin sharqiy shamol esishi kutilmoqda.
Kunduzgi harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik haroratdan sal pastdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar