2 942
Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi valiahdi bilan koronavirusga qarshi kurashish haqida gaplashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
7 aprel, seshanba kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.
Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston—BAA munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, amaliy hamkorlikning savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, yoqilg‘i-energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor sohalarida yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ushbu global xatarga samarali qarshi kurashish borasida ikki hamkor mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Koronavirus tarqalishining ikki tomonlama hamkorlik sur’atiga, shu jumladan, bugungi kunda BAAning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida sanoat, infratuzilma, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Turli darajalarda birgalikdagi sa’y-harakatlarni faol muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi.
Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi