
Sardoba suv omborida yuz bergan ofat natijasida jabr ko‘rganlarga ko‘maklashish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” xayriya aksiyasiga start berildi.
Insonparvarlik yordami ortilgan birinchi yuk mashinalari Sirdaryoga yetkazildi.
Mazkur aksiyani “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.
Aksiya doirasida “Yuksalish”ning maxsus hisob raqami ochilib, yig‘ilgan mablag‘lardan ust-kiyimlar, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur buyumlar sotib olinadi.

Shuningdek, har qanday ko‘rinishdagi insonparvarlik yordamlari ham qabul qilinib, ofatdan jabr ko‘rganlarga yetkaziladi.
Aksiya davomida adliya organlari mutaxassislari jalb qilingan holda bepul huquqiy maslahatlar berish va davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Hozirda bir qator tashkilotlar, xususan, Konrad Adenauer fondi, Shodiyev xalqaro fondi, Ezgu maqsad jamoat fondi, OU7 fondi, O‘zbekiston – Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati, sport federatsiyalari va boshqa tashkilotlar hamda faol fuqarolar tashabbus ko‘rsatib, aksiyaga qo‘shilganliklari quvonarlidir.
Kutilmagan ofatdan jon saqlash uchun uylarini tashlab chiqqan vatandoshlarimiz uchun tezkorlik bilan ko‘rsatiladigan har qanday yordam katta ahamiyatga ega.
Biz ofatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun saxovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Shu sababli, o‘z hissasini qo‘shishni istagan barcha “Salom, Sardoba, biz birgamiz!” aksiyasiga qo‘shilishi va ushbu murakkab davrda yelkama-yelka turib, sirdaryoliklarga dalda bo‘lishi mumkin.
Biz birgamiz!
Murojaat uchun “Tezkor shtab” telefon raqami – +998-91-572-11-00, 71-239-33-23, 998-97-157-80-65 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar