«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va «Ishchi guruh» a’zolari tizimdagi neft-gaz ishlab chiqaruvchi hamda qayta ishlovchi korxonalar faoliyatini, konlar, quduqlardagi holatni o‘rgandi.
Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari neft va neft mahsulotlarini sotuvchi korxonalar va u yerdagi haqiqiy ahvol qanday ekanligini ham o‘rganishni boshladi.
Toshkent viloyatining Qibray tumani, «Qizil shalola» jamoa xo‘jaligi hududida joylashgan «Chinobod» neftbazasi MCHJdagi tashkil qilingan ish jarayonini o‘rgangan Boshqaruv raisi, neftbazadagi bir qator mavjud kamchiliklarni aniqladi hamda haqiqiy ahvolni qoniqarsiz ekanligini ta’kidladi.
Jumladan, yetarli sharoitlar yaratib berilganiga qaramay «Chinobod» neftbazasi ma’sullari tomonidan topshiriq va vazifalar amalda to‘liq bajarilmagani, obodonlashtirish ishlarining achinarli ahvolda ekanligi, korxonadagi tartib-intizom to‘g‘ri tashkil qilinmagani, avtomatlashtirish ishlarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani, yong‘in xavfsizligi qoidalariga bepisandlik bilan qaralgani keskin tanqid qilindi.
Belgilangan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagan «Chinobod» neftbazasi direktori Saidahmad Murjanovga Boshqaruv raisi tomonidan qa’tiy ogohlantirish berildi hamda uch oy muddatda mavjud kamchiliklar bartaraf etilmasa, uning lavozimda qolish yoki qolmaslik masalasi ko‘rib chiqilishi aytildi.
Shundan so‘ng, «Ishchi guruh» a’zolari Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Kuchlik stansiyasida joylashgan «Kuchlik» neftbazasida bo‘ldi.
Bu neftbazada ham avtomatlashtirish ishlari to‘liq bajarilmagani, bu yo‘nalishda kamchiliklar ko‘pligi aniqlandi.
«Kuchlik» neftbazasi hududida ham obodonlashtirish va yong‘in xavfsizligi borasida kamchiliklar borligi va bu salbiy holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish bo‘yicha direktor G‘ulomjon Mamadjonovga tezkor tarzda bajarishi kerak bo‘lgan vazifa hamda topshiriqlar belgilab berildi.
Shuningdek, neftbaza rahbarlariga korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, ortiqcha isrofgarchilikni oldini olish, yong‘in xavfsizligi uchun qat’iy javobgarlik bo‘lishi kerakligi borasida bir qator topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» neft va neft mahsulotlarini sotuvchi korxonalar faoliyatini o‘rganishni davom ettiradi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»