1 991
Aviaqatnov va poyezd yo‘lovchilariga koronavirusga test topshirish talabi bekor qilindi
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, ichki yo‘nalishlardagi aviareyslar va poyezdlar yo‘lovchilaridan koronavirusga test topshirish talabi bekor qilindi.
18 maydan boshlab Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar hamda Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi va Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovi uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.
18 may kuni Respublika maxsus komissiyasi ushbu talabni bekor qildi.
Xabar qilinishicha, bunda aholining karantin sharoitidagi iqtisodiy holati va harakatlanish vaqtida yo‘lovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligi e’tiborga olingan.
Shuningdek, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsad qilingan.
Endilikda yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchilardan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olingani haqidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi.
«Shu bilan birga, avia va temir yo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi», – deyiladi Maxsus komissiya axborotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avia va temir yo‘l qatnovlari bo‘yicha vaqtinchalik tartib e’lon qilingan edi. Unga asosan, yo‘lovchilar havo kemalari va temir yo‘l vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi.
Tana harorati 37 S dan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarga ruxsat berilmaydi, bunday holatlarda chipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Yo‘lovchilarning qatnov vaqtida samolyot salonida va vagonlar bo‘ylab harakatlanishi (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno) taqiqlanadi, himoya niqoblari va qo‘lqoplarni yechishga ruxsat berilmaydi (yo‘lovchilarning suv ichish holatlari bundan mustasno).
Tana harorati 37 S dan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarga ruxsat berilmaydi, bunday holatlarda chipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Yo‘lovchilarning qatnov vaqtida samolyot salonida va vagonlar bo‘ylab harakatlanishi (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno) taqiqlanadi, himoya niqoblari va qo‘lqoplarni yechishga ruxsat berilmaydi (yo‘lovchilarning suv ichish holatlari bundan mustasno).
Uzbekistan Airways 18 maydan amalga oshiriladigan aviaqatnovlar vaqtlarini e’lon qildi
Toshkentdan viloyatlarga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Toshkentdan viloyatlarga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»