2 040
Mirobod tumani Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan avtoturargoh hududida boshlanayotgan qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot berildi
Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan avtoturargoh hududida boshlanayotgan qurilish ishlari yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi PQ-4427-sonli Qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 oktabrdan boshlab yer uchastkalarini berish faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshirilishi belgilandi. Biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitni yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5511-sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimiga investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya shartnomasi tuzish orqali eksperiment tariqasida 2019 yil 15 avgustga qadar Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan berish vakolati berilgan. Ushbu vakolat doirasida Toshkent shahar hokimining 2019 yil 28 martdagi 467-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qarorga asosan “IMP NEW PAY” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasiga Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan 0.23 gektarli yer uchastkasida “yerto‘la qismida avtoturargoh bo‘lgan savdo majmuasi va ofis binolarini qurish uchun zaxiralash hamda loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilgan.
Toshkent shahar Yermulkkadastr davlat korxonasining arxiv ma’lumotlariga muvofiq, mazkur yer maydoniga bo‘lgan huquq turi davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi bildiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»