17:16 / 21.05.2020
2 442

MIB: aliment to‘lab javobgarlikdan qutulib qoldi

MIB: aliment to‘lab javobgarlikdan qutulib qoldi
Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituvida sud qaroriga asosan qarzdor I.Kushbaqov hisobidan N.Kushbaqova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud. Ijro xarakatlari davomida I.Kushbaqov aliment summasini to‘lashdan bosh tortib, yashash manzilidan chiqib ketganligi aniqlangan va
14.02.2020 yilda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14.05.2020 yilda I.Kushbaqov ushlanib O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 474-moddasi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib javobgarlikka tortish maqsadida Zafarobod tuman ma’muriy sudiga olib kelindi. Shundan so‘ng, sud majlisi davomida qarzdordan vujudga kelgan 8 mln. 190 ming so‘m aliment qarzdorlik undiruvchiga topshirildi va ma’muriy ish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 271-moddasi 10-bandiga asosan ish yuritishdan tugatildi hamda qarzdor sud zalidan ozodlikka chiqarildi.

Bundan tashqari, bo‘lim ish yurituviga 15.05.2020 yilda kelib tushgan jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudining ijro hujjatiga asosan J.Ruziyev hisobidan davlat foydasiga 11 mln. 150 ming so‘m jinoiy jarima to‘liq undirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » MIB: aliment to‘lab javobgarlikdan qutulib qoldi