21:37 / 28.05.2020
2 340

Karantinda 30,5 mln so‘m aliment undirib berildi

Karantinda 30,5 mln so‘m aliment undirib berildi
Yurtimizda qadim-qadimdan oilaga muqaddas dargoh sifatida qaralib kelgan. Farzandlar dunyoga kelganda esa oilamiz yanada nurga to‘lib toshadi. Farzandlarimizni unib-o‘sib yurt ravnaqiga hissa qo‘shishida har birimiz mas’uldirmiz.

“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi organlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan oilalarni yarashtirish, ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish, aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarning javobgarlik masalasini hal etilishi va aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lanishiga oid targ‘ibot-tashviqot tadbirlari keng amalga oshirilmoqda.

Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2017 yil 22 sentabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Jo‘rabek Samadov undiruvchi Zarnigor Zokirova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar oylik daromadining ½ qismi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 1/3 qismidan kam bo‘lmagan miqdorda oy sayin aliment undirib borish belgilangan.

Biroq, ha deganda, qarzdor aliment pulini to‘lashni istamay kelgan.

Qarzdor o‘z farzandlari uchun salkam 3 yil mobaynida 30,5 mln so‘m aliment pulini to‘lamasdan kelganligi unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi uchun yetarlicha asos bo‘lib xizmat qilar edi. Tushuntirish ishlari davomida karantin davrida uyida qolayotgan farzandlari uchun qarzdor J.Samadov 30,5 mln so‘m aliment to‘lovlarini undiruvchi Z.Zokirovaga to‘lab berdi. Shu tariqa voyaga yetmagan bolalarning moddiy ta’minoti ta’minlandi.

Aliment masalasidagi muammolarni hal qilinishi mumkin. Ammo farzandlar kelajagi uchun ota va onaning birgalikdagi tarbiyasi undan ham ulug‘vordir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Karantinda 30,5 mln so‘m aliment undirib berildi