22:08 / 01.06.2020
3 053

Janjalda uch xonadonda yong‘in chiqqan. Bosh vazir bu uylar qisqa muddatda tiklab berilishini aytdi

Janjalda uch xonadonda yong‘in chiqqan. Bosh vazir bu uylar qisqa muddatda tiklab berilishini aytdi
Bugun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashgani haqida xabar bergandik.

So‘x tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakat vakillari voqea sodir bӯlgan joyga ham tashrif buyurishgan.

Janjal natijasida Ӯzbekiston Respublikasi hududidagi uchta xonadonda yong‘in kelib chiqqan.

– Zarar kӯrgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz – dedi Abdulla Aripov. – Chashma bulog‘i bu mӯ’jiza, insonlarga Yaratgan Egam tomonidan berilgan ne’mat. Shuning uchun, bu muqaddas chashmadan ham bizning fuqarolar, ham qӯshni respublika fuqarolari birdek foydalanishadi.

Kelishuvga binoan, chashma bulog‘ining atrofi panjara bilan ihotalanib, uning hududida zamonaviy dam olish maskani barpo etiladigan bӯldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Janjalda uch xonadonda yong‘in chiqqan. Bosh vazir bu uylar qisqa muddatda tiklab berilishini aytdi