
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov 2020-2021 o‘quv yili uchun yuridik ta’lim bakalavriatiga o‘qishga kirishda chet tillarini bilish bo‘yicha qaysi darajadagi sertifikat talab etilishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, chet tilidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan ozod etish va ushbu fandan maksimal ball olish uchun chet tillarini bilish bo‘yicha sertifikatlar darajasi quyidagicha bo‘lishi kerak:
- CEFR milliy sertifikati bo‘yicha – V2 va undan yuqori;
- IELTS sertifikati bo‘yicha – 5,5 (yozish ko‘nikmasi bo‘yicha 5,5 ball) va undan yuqori;
- TOEFL sertifikati bo‘yicha – 72 ball;
- boshqa tillar bo‘yicha tegishli milliy va xalqaro sertifikatlar – V2 va undan yuqori.
Milliy matbuot markazida Rahim Hakimov ishtirokida o‘tkazilgan anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi fanlar va maksimal ball ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berildi.
“Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga kirish imtihonlari ikkita fandan test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. Bunda tarix fanidan 30ta savol bo‘lib, har bir to‘g‘ri javobga 3,2 balldan beriladi. Fan doirasida jami 96 ball to‘plash mumkin. Chet tili fanidan 30ta savol bo‘lib, har bir to‘g‘ri javobga 3,1 balldan beriladi. Fan doirasida jami to‘plash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkich 93 ballni tashkil etadi. [b]Ikkala fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 ballga teng.
Test sinovlari 25 iyul-20 avgust kunlari davomida ko‘p sig‘imli pavilonlarda bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar o‘zi istagan hududda test sinovlarini topshirishi mumkin», deya Rahim Hakimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, 2019/2020 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga kirish imtihonlarida o‘tish ko‘rsatkichi o‘zbek guruhlari uchun 159,6 ball, rus guruhlari uchun 142,5 ballni tashkil etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar