17:24 / 08.07.2020
2 503

O‘zbekistonda talabalar turar joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi

O‘zbekistonda talabalar turar joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi
Oliy ta’lim vazirligiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan karantinda saqlash infratuzilmasiga ega OTM va kollejlar ro‘yxatini tuzib chiqish vazifasi topshirilgan.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda OTM va kasb-hunar kollejlari talabalar turar joylarini karantinda saqlash joylariga moslashtirish choralari ko‘riladi.

Ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etilishi xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin tartibi keskin kuchaytirilmoqda. Jumladan, to‘ylar taqiqlanmoqda, bolalar bog‘chalari yopilmoqda, viloyatlararo avtotransport qatnovi to‘xtatilmoqda, avtomobildan foydalanish yana cheklanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda talabalar turar joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi