06:28 / 14.07.2020
2 912

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi 600ga yaqinlashdi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi 600ga yaqinlashdi
Kecha O‘zbekistonda jami 594ta yangi zararlanish holati qayd etildi va navbatdagi antirekord hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 231 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 13 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13591 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 231 nafari Toshkent shahrida (shundan 146 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 85 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

13 iyul kuni O‘zbekistonda 594ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi. Shundan 272 nafari karantin muassasalarida, 322 nafari aholi orasida aniqlangan.

Kecha jami 6 hududda - Toshkent shahri, Toshkent viloyatidagi karantin markazi, Namangan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi holatlar qayd etilgan.

KЕcha Toshkent shahrida aholi orasida 302ta holat qayd etildi va bu koronavirus pandemiyasi davridagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bungacha aholi orasidagi eng ko‘p kasallanish holati bir kun oldin kuzatilgan va aholi orasidagi 265 kishida kasallik aniqlangandi. Toshkent shahrida kun davomida jami 448ta holatda (karantinga olinganlar bilan qo‘shib hisoblaganda) koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 168 holat aniqlandi.
Namangan viloyatida aholi orasida 4, karantindagilar orasida 21, Farg‘ona viloyatida aholi orasida 7, karantindagilar orasida 2, Navoiy viloyatida aholi orasida 9, Buxoro viloyatida karantindagilar orasida 20 holat qayd etilgan.

O‘lim (+3)
Sog‘liqni saqlash vazirligi 13 iyul kuni poytaxtlik ikki ayol va bir erkakning Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi yangi qurilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qildi. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 63taga yetdi.

Tuzalganlar (+178)
KЕcha Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 164 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, jami 178 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha qayd etilgan 13591 bemordan 8030 nafari sog‘ayib chiqqan (59 foiz).
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5498 nafar bemordan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 51 555 nafar, statsionar karantinda esa 23 860 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi 600ga yaqinlashdi