Vazirlar Mahkamasining farmoyishida O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini ketayotgani qayd etildi.
Farmoyishda keltirilishicha, jahon miqyosida koronavirus pandemiyasi tarqalishi tufayli O‘zbekistonda ham ushbu infeksiyaga qarshi kurashish, uning aholi orasida keng tarqalib ketmasligining oldini olish, samarali karantin va davolash tizimini yaratish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, epidemiyaning ikkinchi to‘lqini natijasida Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar va u bilan bog‘liq o‘limlar soni keskin oshib ketgani, so‘nggi uch hafta davomida respublikada aniqlangan 7700 bemorning 2800 nafari Toshkent shahri aholisi o‘rtasida aniqlandi hamda respublika bo‘yicha ushbu kasallikdan bevaqt vafot etgan jami 50 kishidan 32 tasi Toshkent shahrida qayd etilganligi ham poytaxtdagi epidemiologik vaziyat izdan chiqqanligi ta’kidlanadi.
Poytaxtdagi noxush epidemiologik vaziyatning yuzaga kelishiga Toshkent shahar hokimligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining ushbu muammoni hal etish borasida hamkorlikda, o‘z vaqtida o‘zaro muvofiqlashgan va kelishilgan chora-tadbirlar ko‘rmaganligi, bu boradagi ishlarning samarali va tizimli tashkil etilmaganligi sabab bo‘lgani qayd etilgan.
Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga «hayfsan» e’lon qilingan.
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi nusxasi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi