3 660
Feruza Hamroboyeva nima uchun Yaponiyadan «samarasiz» dorining yirik partiyasi sotib olinganiga izoh berdi
Foto: asia.nikke
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva O‘zbekiston nima uchun Yaponiyadan «Avigan» dorisining yirik partiyasini sotib olganiga izoh berdi.
«Tarkibida «Avigan» bo‘lgan favipiravir biologik faol modda barcha viruslarning ko‘payishini bloklaydi. U Afrikada Ebola virusini davolashda ham qo‘llanilgan.
Tibbiyot doirasida ushbu preparatni «Remdesivir»ning Yaponiya varianti deb ham atashadi. Yaponiya tajribasiga ko‘ra, «Avigan» koronavirusning yengil formasida yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, lekin kasallik og‘ir kechishida ta’siri kam», - dedi Hamroboyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) o‘tkazilgan brifingda.
O‘tgan haftada Yaponiyaning Kyodo agentligi tarkibida favipiravir moddasi bo‘lgan «Avigan» dorisining sinovlari uning koronavirusga qarshi samarali ekanini uzil-kesil tasdiqlamagani haqida xabar bergan edi.
Reuters agentligi yaponiyalik tadqiqotchilarga tayanib, «Avigan»ni davolanish jarayonining boshida qabul qilgan bemorlar uni kechroq qabul qilganlarga nisbatan tezroq sog‘ayishni boshlagan bo‘lsalar-da, oradagi farq juda kam bo‘lgani haqida yozdi.
Rossiyaning VSHE milliy tadqiqot universiteti professori Vasiliy Vlasov «Novaya gazeta»ga bergan intervyusida bu dori «juda yoqimsiz» salbiy asoratlarga ega ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dori homiladorlar uchun zararli, homilaning xunukligi va o‘limiga olib keladi.
«Bu asoratlar dorini keng amaliyotda qo‘llash imkonini bermaydi. Shu sababli dori AQSHda ro‘yxatdan o‘tmagan. Yaponiyada esa yangi xavfli grippga qarshi holatlar uchungina ro‘yxatga olingan», – dedi u.
Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mamlakatimizga Yaponiyada ishlab chiqarilgan, «eng samarali dorilardan biri bo‘lgan» 200 ming qadoq «Avigan» dorisi keltirilgani haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi